Roʻzadorga iftor qilib berish ajri / Iftorni boshlab berish ajri
Mar 6, 2026•Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3•Updated Just now
Video Overview
Video Details
Published2 months ago
Duration9:16
Video ID4CuFjlDDfcA
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video
Performance Metrics
Views863
Likes23
Comments5
Engagement Rate3.24%
Likes per 100 views2.67
Comments per 1K views5.79
Video Tags
Description
Ramazon madrasasi
"Boshlovchilik ajri"
Rasululloh aytdilar:
"Kim bir ro'zadorni iftor qildirsa, unga o‘sha (ro'zador) mislidek ajri bor.
Bu uning ajridan hech narsani noqis qilmaydi"
(Termiziy)
Bu ajrga erishish uchun qozon-qozon ovqat qilish shart emas. Balki, unga ilk og'iz ochishini boshlab berish kifoya.
Chunki, "Iftor" degan so‘z arabchada "Boshlab berish" ma'nosida keladi. Shunga, erta tongda yeyiladigan patrni arablarda "Fatiro" deyiladi.
Shundan, Allohni "Fotir" ya'ni: "Borliqni ilk boshlab yaratuvchi" deyiladi.
Yana bir misol:
Ibn Abbos oldiga ikki a'robiy bir quduqni talashib kelib, ularning biri : "Men uni fatr qildim" (ilk men qazdim) deydi..
Yana shundan, yomg'irdan so‘ng ilk bor yerdan chiqqan qo'ziqorinlarni ham "Futr" deydi.
Shundan olib insonni onasidan yangi tug‘ilgan holatini "Fitrati" deyiladi..
Shunga binoan, ro'zadorga iftor berish ajri, unga ilk og'iz ochish vaqti biror "boshlang'ich" narsa yedirish demakdir! Uni kechasi bilan to'ydirish emas..
Ushbu ma'noni Bayhaqiy rivoyati ham tasdiqlaydi:
Sahobalar:
Ya Rasululloh! Hammamiz ham "iftor" berishga narsa topa olmaymiz-da" dedilar.
Rasululloh aytdilar :
"Alloh bu savobni suv aralashgan sut yoki bir dona xurmo yoki bir qultum suv bilan iftor berganga ham beraveradi! Ammo ro'zadorni to'ydirganni esa Alloh havzimdan sug'oradi.."
Dars:
Bundan har qanday amalda "boshlovchi" bo‘lishni o‘rgan. Arzimas amal bo'lsa-da "Boshlovchilik" sabab ajri ko‘payadi.
Ansorlardan biri, bir hovuch sadaqa bilan xayrli ishni "Boshlab" berganda Rasululloh aytdilar:
"Kim islomda yaxshi ishni boshlab bersa, unga o‘zining ajri va unga amal qilganlar ajri bor.."
(Muslim)
Sahobalar da'vatni "Boshlanish" davrida qilgan bir hovuch sadaqasiga keyingilar uhud tog‘idek tillasi yetmasligi sababi ham shunda..
Alloh taolo aytadi:
"Peshqadamlar pechqadamdirlar"
(Voqea .10)
#ramazon #iftor #iftorlik #abdullohzufar #abdulloh_zufar #savob