Ramazon duo qilish oyi / Iftor vaqtida duo qilish

Feb 26, 2026Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3Updated Just now
Hidoyat Sari
Hidoyat Sari

25.4K subscribers

View Channel

Video Overview

Video Details

Published3 months ago
Duration6:41
Video ID596z_sESwA0
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video

Performance Metrics

Views2.2K
Likes46
Comments10
Engagement Rate2.51%
Likes per 100 views2.06
Comments per 1K views4.48

Description

Ramazon madrasasi "Ramazon duo oyi" Baqara surasining 183-185 oyatlarida ramazon kunduzidagi ahkomlari bayon qilingan.187-oyatda esa Ramazon tunlaridagi ahkomlar bayon qilingan. Shu oyatlar orasidagi 186-oyatda esa duo haqida so‘z boradi: "Va agar bandalarim sizdan men haqimda so‘rasalar , bas, men yaqindirman, duo qiluvchi duo qilsa ijobat qilaman. Bas menga istijobat qilsinlar va menga iymon keltirsinlar, shoyad rushd topsalar " Kun va tun orasidagi vaqt esa bu iftor vaqtidir. Dars: Ramazonning hamma vaqtida, xossatan kun va tun oralig‘i (iftor) paytida duoga e'tiborli bo‘lish lozim. Bu ma'noni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislarida ochiq ko‘rishimiz mumkin: "Ro‘zador iftor qiladigan vaqti duosi mustajob" (Termiziy) Shuning uchun Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu iftor paytida ahli oilasini jamlab duo qilar edilar . Ramazonda Alloh bandalariga shu darajada yaqin ekanidan oyatda "Ayting men yaqindirman" emas , balki, "Bas, men yaqindirman" dedi. Chunki "Ayting" desa, o‘rtada Rasululloh sollallohu alayhi va sallam lozimdek ma'no chiqib qolishi mumkin edi. Allohga darding yetishi, undan senga javob kelishi uchun hech kimsa lozim emas! Faqat sendan talab Allohga istijobat (buyruqlariga javob) qilish va unga iymon keltirish ekan. Shunda "rushd" ya'ni, dunyo va oxiratda to‘g'ri yo'l topasan. Oyatdan yana bir ma'noni tushunish mumkin : "Bandalar ro‘za tutgach, bu Allohning bizni zimmamizdagi haqqi, endi bizning Allohdagi haqqimiz nima ? desalar, men ularga yaqinman, istaganlarini so‘rasinlar.." Sendan harakat , undan barakat.. iftor payti tila tilagingni.. "Albatta u (Robbim) o‘ta yaxshi eshitguvchi va o‘ta yaqindir" (Saba 50) #ramazon #iftor #duo #iftorlik #abdulloh_zufar #abdullohzufar

Related Videos

More videos from Hidoyat Sari