ARAFA KUNI | ENG FAZILATLI KUN | SHAYX SOLIH MUNAJJID
May 25, 2026•Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3•Updated Just now
Video Overview
Video Details
Published1 month ago
Duration1:00
Video ID9_s75LwxI6c
Languageuz
CategoryPeople & Blogs
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video
Performance Metrics
Views2.4K
Likes27
Comments0
Engagement Rate1.12%
Likes per 100 views1.12
Comments per 1K views0.00
Video Tags
#arafa kuni#arafa kuni haqida#arafa kuni qachon#arafa kuni ro'za tutish vaqti#arafa kuni duosi#arafa kuni ro'zasi#arafa kuni ro'za tutish#arafa kuni ro'za tutsa boladimi#arafa kuni fazilati#arafa kungi duo#arafa kuni taqvimi 2025#abdulloh domla arafa#арафа куни#арафа куни ҳақида#арафа куни қачон#арафа куни дуоси#арафа куни рўзаси#арафа кунги дуо#абдуллох домла арафа#арафа кунидаги энг афзал дуо
Description
ARAFA KUNI
– Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Duolarning eng afzali – Arofa kunida qilingan duodir. Men aytgan va avvalgi barcha payg‘ambarlar aytgan eng afzal so‘z – “Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘alaa kulli shay’in qodiyr”, kalimasidir”. (Termiziy rivoyati)
(Ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir, U – yolg‘iz, sheriksiz zotdir. Barcha mulk va barcha hamd – faqat Unga xosdir va U har bir narsaga qodirdir»).
Shunday ekan, kun bo‘yi Alloh zikrida bo‘ling, xususan, yuqoridagi zikrni ko‘p ayting. Yana, Allohga neki hojatlaringiz bo‘lsa, bugun ixlos bilan Unga iltijo qiling!
Fursatni boy bermang!
📌 Izoh: Garchi yuqoridagi hadisning sanadida zaiflik bo‘lsa-da, ammo fazoil amallarda, ya’ni fazilatli amallar borasida bo‘lgan, targ‘ib ma’nosida ushbu kunlarda unga amal qilsak bo‘ladi, inshaAlloh.
Undan tashqari, Arofa kuni tutilgan ro‘za ikki yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arofa kuni tutilgan ro‘za – ham o‘tgan yilgi, ham kelgusi yilgi gunohlar uchun kafforatdir».
(Muslim rivoyati)
Arofa – ko‘plab jonlar do‘zaxdan ozod etiladigan kundir.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh taolo hech bir kunda Arofa kunidagichalik bandani do‘zaxdan ozod etmaydi. U yaqinlashib, o‘sha (do‘zaxdan ozod etilgan) bandalar bilan farishtalarga maqtanadi va: “Ular nima istashadi?!” – deb so‘raydi».
(Muslim rivoyati)
Ibn Abdul Barr aytadi: «Bu o‘sha bandalarning gunohi mag‘firat etilganiga ishoradir. Zero, Alloh taolo gunohkor bandalari bilan hech qachon faxrlanmaydi. Bu faqat ularning tavbalari qabul qilinib, gunohlari mag‘firat etilganidan so‘nggina bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam».
Yana muhim bir eslatma:
Sunnatga binoan, bugun, ya’ni Arofa kuni bomdod namozidan boshlab farz namozlari ketidan tashriq takbiri aytiladi. Tashriq takbirining lafzi:
“Allohu Akbar, Allohu Akbar. Laa ilaaha illallohu, Vallohu Akbar, Allohu Akbar va lillahil hamd.”