Fitr sadaqasini berish hikmatlari | Zakotul-fitrni berib hayit namozini o‘qigan kishi
Mar 18, 2026•Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3•Updated Just now
Video Overview
Video Details
Published3 months ago
Duration6:07
Video IDGVS6KmsquYQ
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video
Performance Metrics
Views1.3K
Likes29
Comments3
Engagement Rate2.54%
Likes per 100 views2.30
Comments per 1K views2.38
Video Tags
Description
Ramazon madrasasi
"Ozish haqqini to‘lash"
Alloh taolo aytadi:
"Ekinni terim kunida haqqini ado qilinglar"
(An'om.141)
Ramazon ekinining ham "terim" vaqti keldi. Endi uning haqqini "Zakotul-fitr" ni ado qilish kerak.
Zakotul-fitrni farz qilinish hikmati:
1-Ro‘za asnosida sodir bo'lgan behuda gap, uyatli so‘zlardan kishini poklash.
Ro‘zadan so‘ng sadaqa berib uning kamchligini to'ldirish, namozdan so‘ng sajdai sahv qilib namozni kamchiligini to'ldirishga o‘xshaydi.
Sajdai sahvni namozdan ko‘p vaqt o‘tmasdan qilish lozim bo‘lganidek, zakotul-fitrni ham ro‘zadan ko‘p vaqt o‘tmasdan (Hayit namozidan oldin) ado qilish kerak.
2-Miskinlarga taom berib ularni hayit kunida tilanib yurishdan behojat qilish.
Ularni hursand qilish ham hayit kunida bo‘lishi kerak.
Zero maqolda aytilganidek "Hayit o'tgandan keyin xinoni..."
3- Ozish haqqini berish. Bundan maqsad "g'osht tashlash" emas, "gunoh tashlab" ozganlik haqqini berish.
Bugun kishilar dunyosida oshiqcha "yukini" tashlashni unga o‘rgatuvchilarga pul to‘laydi. Endi oxiratdagi "yuk" (gunohlaring) dan xalos bo‘lishni o‘rgatgan zot uchun "Ro‘zadorlar" guruhiga a'zo bo‘lish haqqini to‘lab qo‘yish kerak..
Bu haq ham aslida uning o‘ziga kerak emas. Faqat boshqalar ozib-to‘zib yurgan bir paytda sen beg‘am bo'lib qolishingdan seni ogohlantirish uchun buyurgan..
Alloh taolo aytadi:
"..U sizlardan mollaringni so‘ramaydi.."
(Muhammad.36)
4- Ramazon hayitiga o‘zingni, ahlingni yetkazganiga shukrona. Shuning uchun hatto chaqaloq nomidan ham berish farz qilingan. Va hayitgacha vafot etgan kishilardan esa soqit bo'ladi.
5- Ahlingni ta'minotidan mas'ulligingni eslatish. Shuning uchun erkak kishi o‘zi va ahli oilasi nomidan beradi. Hatto taloq qilgan, lekin iddada bo‘lgan xotini nomidan ham beradi..
Alloh taolo aytadi:
"Batahqiq zakotni bergan va Robbisining ismini zikr qilib namoz o‘qigan kishi yutdi"
(A'lo. 14,15)
(Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh aytadilar:
Ya'ni zakotul-fitrni berib hayit namozini o‘qigan kishi..)
#ramazon #fitr #abdullohzufar #abdulloh_zufar #sadaqa #zakot #hayit