Turkiya madaniyati va odob qoidalari @migrantuzb

Mar 24, 2026Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3Updated Just now

Video Overview

Video Details

Published3 months ago
Duration2:53
Video IDGZlirm2cqVc
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video

Performance Metrics

Views640
Likes16
Comments0
Engagement Rate2.50%
Likes per 100 views2.50
Comments per 1K views0.00

Description

Turkiya va O‘zbekiston tarix, til va madaniyat jihatidan bir-biriga juda yaqin davlatlardir. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashashga odatda tez moslashadilar. Shunga qaramay, kundalik hayotda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan ayrim ijtimoiy qoidalar mavjud. ▪️ Hurmat va murojaat shakllari Turk madaniyatida hurmat bilan murojaat qilish juda muhim hisoblanadi. Kundalik hayotda o‘zingizdan katta erkaklarga “Abi”, ayollarga esa “Abla” deb murojaat qilish keng tarqalgan. Rasmiy muhitda esa ismning oxiriga “Bey” yoki “Hanım” qo‘shiladi. Masalan: Ahmet Bey, Ayshe Hanım Turk tilida kundalik suhbatda “sen” deb murojaat qilish juda keng tarqalgan va bu ko‘p hollarda hurmatsizlik sifatida qabul qilinmaydi. Biroq ish muhitida va rasmiy vaziyatlarda “siz” deb murojaat qilish afzal hisoblanadi. ▪️ Mehmondo‘stlik va choy madaniyati Choy turk ijtimoiy hayotining muhim qismidir. Ish joylarida tanaffus vaqtida, mehmondorchilikda yoki suhbat davomida tez-tez choy taklif qilinadi. Choy ichish ko‘pincha ijtimoiy muloqotning bir qismi sifatida qaraladi. ▪️ Bayroq va diniy ramzlarga hurmat Turk jamiyatida bayroq, davlat ramzlari va diniy qadriyatlarga katta hurmat bilan qaraladi. Shu sababli Turkiya bayrog‘iga yoki diniy ramzlarga nisbatan hurmatsizlik sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qat’iyan saqlanish kerak. ▪️ Jamoat transporti qoidalari Jamoat transportidan foydalanishda quyidagi qoidalarga e’tibor beriladi: • Baland ovozda gaplashish madaniyatsizlikdek ko’riladi • Telefon orqali gaplashayotganda atrofdagilarga xalaqit bermaslik kerak • Avtobuslarga odatda oldi eshikdan chiqiladi, tushish esa o‘rta yoki orqa eshikdan amalga oshiriladi • Jamoat transportida yo‘l haqi transport kartasi orqali to‘lanadi. ▪️ Foto va video olish Odamlarning fotosurati yoki videosini olishdan oldin albatta ruxsat so‘rash kerak. Ruxsatsiz suratga olish ayrim holatlarda huquqiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Xorijda mahalliy aholi madaniyatiga hurmat sizni ko’plab muammolardan xalos etadi va do’stlar orttirishingizga yordam beradi. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz

Related Videos

More videos from Migrant UZ - Vatandosh ROSSIYA