Sen sabab yoqimsiz bo'lganlar yoqimtoylardan afzal / Ro'zador ogʻzidan keladigan badboʻy hid

Mar 7, 2026Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3Updated Just now
Hidoyat Sari
Hidoyat Sari

25.4K subscribers

View Channel

Video Overview

Video Details

Published2 months ago
Duration6:18
Video IDJusFlcdzrrM
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video

Performance Metrics

Views806
Likes26
Comments10
Engagement Rate4.47%
Likes per 100 views3.23
Comments per 1K views12.41

Description

Ramazon madrasasi "Sen sabab yoqimsiz bo'lganlar yoqimtoylardan afzal .." Rasulullohﷺaytdilar: "Ro'zadorning "Xolufi" (og'iz hidi) Alloh nazdida misk hididan xushbo‘yroqdir" (Buxoriy) Hadisda kelgan "Xoluf" so‘zi aslida biror narsa boshqasi ortidan kelishiga aytiladi. Shundan daraxtning bir shoxasi kesilgach, ortidan yangi o'sib chiqqan shoxani "Xilfa" deyiladi. Alloh yerda odamni "Xalifa" qilaman degani ham shundan. Biri o‘tib o‘rniga boshqasi qoluvchi mavjudotni yarataman degan edi. Demak , ro‘za sabab kishining oshqozoni bo‘shab qolishi ortidan chiqadigan hidni ham "Xoluf" deyiladi. Bu shunchaki og‘iz bo‘shlig‘ining hidi emas. U tishni yuvish va misvok bilan ham ketib qolmaydi. Shuning uchun ro‘zada o'g'izni tozalamaslik sabab keladigan hid bilan bu hidni farqini ajratib olish kerak.. Bu hid kishining ichidan keladi. Va kishining ichiga biror narsa tushib oshqozonni yopishi bilangina ketadi.. Ushbu hid, oshqozon Alloh uchun bo‘shab qolishi ortidan kelgani sabab Alloh uni o‘zining nazdida miskdan-da hushbo‘y dedi. Dars: Bundan, sen sabab yoqimsiz holga tushganlar senga "yoqimtoylardan" afzal bo‘lishini o‘rgan.. Seni ortingdan terga botib ishlab yurgan otang yoki (ayolga) ering hidi, senga misk surib yurgan kishilar hididan xushbo‘y bo'lsin.. Seni ortingdan ovqat qilib oshxona hidi urgan onang yoki xotining hidi senga atir sepgan ayollar hididan xushbo‘y bo‘lsin.. Senga farzand tug‘ib berish ortidan terilariga ajin tushgan ayoling badani, senga silliq badanlik ayollardan yoqimli bo‘lsin.. Oisha onamiz Rasulullohga: "Nega o‘sha tishlari to'kilgan kampir xotiningiz (Xadicha)ni eslayverasiz? Alloh sizga undan yaxshisini (o'zlarini) bergan bo'lsa.. " deganida Rasululloh ﷺ g'azablari chiqib yuzlari o‘zgardi. Va aytdilar: " Yo‘q ! Allohga qasam Alloh menga undan yaxshisini bermagan..!" (Ahmad) Alloh taolo aytadi : "O'rtalaringda fazilatni unutmanglar" (Baqar.237) #ramazon #iftor #abdullohzufar #abdulloh_zufar #iftorlik #fazilat

Related Videos

More videos from Hidoyat Sari