Ramazon sezdirmay yaxshilik qilish va shaytonni burnini yerga ishqalash oyi
Mar 2, 2026•Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3•Updated Just now
Video Overview
Video Details
Published3 months ago
Duration8:55
Video IDMZmQPJTx7HA
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video
Performance Metrics
Views234
Likes13
Comments5
Engagement Rate7.69%
Likes per 100 views5.56
Comments per 1K views21.37
Video Tags
Description
Ramazon madrasasi
"Ramazon sezdirmay yaxshilik qilish oyi"
Rasululloh ﷺ aytdilar:
"Kim ro‘zada unutib yeb yoki ichib qo‘ysa ro‘zasini davom ettiraversin. Uni Alloh taomlantirib sug'oribdi.."
Alloh unutishni ba'zan shaytonga nisbat beradi:
"Shayton unga unuttirdi.." (Yusuf.42)
Ba'zan bandaga nisbat beradi:
"U unutdi" (Toha.115)
Ba'zan Alloh o‘ziga nisbat beradi:
"U (Alloh) ularga o‘zliklarini unuttirib qo‘ydi" (Hashr.19)
Bu ma'nolarni jamlab Ibn Battol aytadi:
Unutish shaytonning vasvasasi, bandaning fe'li, Allohning esa yaratishi orqali sodir bo'ladi.."
Agar ro‘zada unuttirishni shayton vasvasasi e'tiboridan qarasak, demak, Alloh shaytonning burnini yerga ishqab ro'zani qabul qilaveradi..
Shunga o‘xshash namozda unutish ham shayton vasvasasidan, ammo Alloh shaytonning burnini yerga ishqab sajdai sahv bilan namozni to'g'irlashga ijozat bergan.
Agar unuttirishni Allohning fe'li e'tiboridan qarasak, Alloh bandasiga unutishga o‘zi qo‘yib berib, uni dunyoda yedirib ichirishni istagan, oxiratda esa yeb ichishni tark qilding deb savob berishni istagan bo'ladi.
Dars:
Bundan odamlarga "Sezdirmay" yaxshilik qilishni va "shaytonning burnini yerga ishqash"ni o‘rgan! Ko‘rinishidan sen unga yaxshilikni qasd qilmagan bo‘lasan. Kimlargadir ishlatishga bergan narsang go‘yo seni yoki uni "esidan chiqib" ketgan hisoblab undan kechib qo‘yaver..
Birov yo‘lingdan chiqib xalaqit bersa, o‘zingni "bilmaslikka" solib, oyog'im yo‘lingdan chiqib qoldi uzr deb ketaver..
Birov ortingdan tepsa, ortim oyog‘ingga tegib ketti uzr deb ketaver.
Shunda avvalo "shaytonning burnini yerga ishqagan" bo‘lasan, senga yomonlik qildiraman deb sen yaxshilik qilishingga sabab bo‘ladi.
Undan so‘ng odamlarga "sezdirmay" yaxshilik qilishni o‘rgangan bo‘lasan.
Ular seni aybdor bilsin, sen esa ularga fazling bo‘lsin.
Alloh aytadi:
"Shayton sizlarni faqirlik bilan qo‘rqitadi va sizlarni fahshga buyuradi.
Alloh esa sizlarga mag‘firati va fazlini va'da qiladi. Alloh (fazli) keng va o‘ta yaxshi biluvchidir"
(Baqara.268)
#ramazon #yaxshilik #abdulloh_zufar #abdullohzufar #shayton #yaxshilikka_buyurish_yomonlikdan_qaytarish #iftor #iftorlik