Xorijdagi soxta ish e’lonlarini qanday aniqlash mumkin?

May 9, 2026Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3Updated Just now

Video Overview

Video Details

Published1 month ago
Duration1:39
Video IDP58GdRxxKac
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video

Performance Metrics

Views705
Likes17
Comments0
Engagement Rate2.41%
Likes per 100 views2.41
Comments per 1K views0.00

Description

🖥 Instagramni varaqlab o‘tirganingizda, mo‘may daromad va’da qilingan e’longa duch keldingiz. Xursand bo‘lishga shoshilmang. Bu firibgarlarning navbatdagi nayrangi bo‘lishi mumkin. Boshqacharoq aytganda tuzoq. Buni qanday bilish mumkin? ✍️ Birinchi tuzoq: soxta va’dalar Firibgarlar ko‘pincha o‘zlarini yirik xalqaro kompaniyalar yoki agentlik sifatida tanishtiradi. Ularning sevimli gapi: “Hech qanday hujjat yoki til bilish shart emas, oylik 3000-4000 dollar!” Agar sizga juda yengil shartlar va tezkorlik va’da qilishsa, bu shubhali. ✍️ Ikkinchi tuzoq: oldindan to‘lov Sizdan hali ishga kirmasingizdan turib “maxsus ish formasi”, “tibbiy daftarcha” yoki “ro‘yxatdan o‘tish” uchun pul talab qilishsa, bu firibgarlik belgisi! Rasmiy shartnomada ular faqat "ma’lumot berish" bilan cheklanib qoladi va ertaga ish topilmasa, javobgarlikdan osongina qutulishadi. 🔍 Qanday tekshirish kerak? O‘zbekistonda faqat lisenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari fuqarolarni xorijga yuborish huquqiga ega. Konsalting firmalarining bunga aloqasi yo‘q! Lisenziya bor-yo‘qligini Migratsiya agentligi sayti yoki hukumat portali orqali onlayn tekshiring. ⚠️ Tavsiya! Hech qachon pasportingizni birovga bermang. Bunga hech kimning haqqi yo‘q! Har bir to‘lov cheki va yozishmalarni saqlab qo‘ying. Agar qiyin ahvolga tushib qolsangiz, Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qiling! Unutmang, qonuniy yo‘l — xavfsiz yo‘l! MAX'ga a'zo bo'lish uchun 👇 https://max.ru/migrantuz 🌐 VIP Migrant bilan chegarasiz internetga ulaning! @migrantuz

Related Videos

More videos from Migrant UZ - Vatandosh ROSSIYA