Siz Rossiyaga ketayotgan bo‘lsangiz… @migrantuzb

Jul 1, 2026Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3Updated Just now

Video Overview

Video Details

Published2 weeks ago
Duration2:58
Video IDW949NHUEMvs
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video

Performance Metrics

Views6.2K
Likes83
Comments12
Engagement Rate1.52%
Likes per 100 views1.33
Comments per 1K views1.92

Description

Har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz mehnat qilish maqsadida xorijga yo‘l oladi. Ammo yangi ish o‘rni umidi bilan boshlangan safar ba’zan huquqiy muammolar, aldov yoki hujjatlardagi xatolar sabab jiddiy qiyinchiliklarga aylanishi mumkin. Shuning uchun safarga chiqishdan avval ishonchli axborotga ega bo‘lish va o‘z huquqlarini bilish har bir mehnat migranti uchun juda muhim. Ayniqsa, Rossiyaga yo‘l olayotganlar uchun. Aynan shu maqsadda "Barqaror Hayot" ijtimoiy-ma’rifat markazi mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarini huquqiy va psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihani amalga oshirmoqda. "Loyiha doirasida mehnat migrantlariga migratsiya qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar beriladi, turli huquqiy masalalar yuzasidan bepul yuridik yordam ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, xorijda ishlash jarayonida turli ruhiy bosimlarga duch keladigan fuqarolar va ularning oila a’zolari uchun psixologik maslahat xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan", deydi "Barqaror Hayot" ijtimoiy-ma’rifat markazi Toshkent shahar bolimi rahbari Sanjar Yo‘ldoshev. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, aksariyat muammolarning oldini safardan avval to‘g‘ri ma’lumot olish orqali bartaraf etish mumkin. Loyiha nafaqat huquqiy xizmatlar ko‘rsatish, balki aholi o‘rtasida xavfsiz mehnat migratsiyasi madaniyatini shakllantirishga ham qaratilgan. Shu maqsadda Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida har oy axborot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi. Shuningdek, har oy kamida 1500 nafar mehnat migranti va ularning oila a’zolari huquqiy hamda psixologik konsultasiyalar bilan qamrab olinishi rejalashtirilgan. Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz) TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb) YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz #патент #регистрация #migrant #migrantuz

Related Videos

More videos from Migrant UZ - Vatandosh ROSSIYA