Mehmondorchilikdan turganda aytiladigan duo | Majlis duosi

May 12, 2026Channel
AI Analysis
Data from YouTube Data API v3Updated Just now
Hidoyat Sari
Hidoyat Sari

25.4K subscribers

View Channel

Video Overview

Video Details

Published2 months ago
Duration11:21
Video IDlqSO2setJhc
Languageuz
CategoryNonprofits & Activism
PrivacyPublic
Made for KidsNo
Video TypeRegular Video

Performance Metrics

Views96
Likes3
Comments0
Engagement Rate3.13%
Likes per 100 views3.13
Comments per 1K views0.00

Description

Sunan Termiziy sharhi darsidan lavhalar Mehmondorchilikdan turganda aytiladigan duo / Majlis duosi | Shayx Abdulloh Zufar hafizahulloh Sunan Termiziyda kelgan majlis duosi — Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ majlisdan turishdan oldin sahobalariga mana shu duoni qilib berar edilar. Imom Termiziy bu hadisni “hasan g‘arib” degan, Darussalam nashrida sahih deb baholangan. اللَّهُمَّ اقْسِمْ لَنَا مِنْ خَشْيَتِكَ مَا يَحُولُ بَيْنَنَا وَبَيْنَ مَعَاصِيكَ، وَمِنْ طَاعَتِكَ مَا تُبَلِّغُنَا بِهِ جَنَّتَكَ، وَمِنَ الْيَقِينِ مَا تُهَوِّنُ بِهِ عَلَيْنَا مُصِيبَاتِ الدُّنْيَا، وَمَتِّعْنَا بِأَسْمَاعِنَا، وَأَبْصَارِنَا، وَقُوَّتِنَا مَا أَحْيَيْتَنَا، وَاجْعَلْهُ الْوَارِثَ مِنَّا، وَاجْعَلْ ثَأْرَنَا عَلَى مَنْ ظَلَمَنَا، وَانْصُرْنَا عَلَى مَنْ عَادَانَا، وَلَا تَجْعَلْ مُصِيبَتَنَا فِي دِينِنَا، وَلَا تَجْعَلِ الدُّنْيَا أَكْبَرَ هَمِّنَا، وَلَا مَبْلَغَ عِلْمِنَا، وَلَا تُسَلِّطْ عَلَيْنَا مَنْ لَا يَرْحَمُنَا Lotincha o‘qilishi: Allohumma-qsim lanā min xoshyatika mā yahūlu baynanā va bayna ma‘āsīk, va min to‘atika mā tuballig‘unā bihi jannatak, va minal-yaqīni mā tuhavvinu bihi ‘alaynā musībatid-dunyā. Va matti‘nā bi-asmā‘inā va absōrinā va quvvatinā mā ahyaytanā, vaj‘alhul-vārisa minnā. Vaj‘al sa’ronā ‘alā man zolamanā, vansurnā ‘alā man ‘ādānā. Va lā taj‘al musībatanā fī dīninā, va lā taj‘alid-dunyā akbara hamminā, va lā mablag‘a ‘ilminā, va lā tusallit ‘alaynā man lā yarhamunā. Ma’nosi: “Ey Alloh! Bizga O‘zingdan shunday qo‘rquv nasib qilginki, u biz bilan Senga osiylik qilishimiz orasida to‘siq bo‘lsin. Bizga O‘zingga shunday itoat nasib qilginki, u orqali bizni jannatingga yetkazgin. Bizga shunday yaqin — mustahkam iymon nasib qilginki, u orqali dunyo musibatlarini bizga yengil qilgin. Tirik ekanmiz, quloqlarimiz, ko‘zlarimiz va quvvatimizdan bizni bahramand qilgin va ularni umrimiz oxirigacha biz bilan qoldirgin. Bizga zulm qilganlarga qarshi haqqimizni olib bergin. Bizga dushmanlik qilganlar ustidan bizga nusrat bergin. Musibatimizni dinimizda qilmagin. Dunyoni eng katta g‘amimiz qilmagin. Ilmimizning chegarasini faqat dunyo qilib qo‘ymagin. Bizga rahm qilmaydiganlarni ustimizga hukmron qilib qo‘ymagin.” Qisqa izoh: Bu duo juda jamlovchi duo. Unda taqvo, itoat, jannat, yaqin, dunyo musibatlariga sabr, ko‘z-quloq va quvvat ne’mati, zolimlardan himoya, dindagi musibatdan omonlik, dunyoga berilib ketmaslik va rahmsiz kishilar hukmronligidan saqlanish so‘ralgan. Shuning uchun bu duo majlis oxirida, dars yakunida, suhbat tugaganda yoki birodarlar bilan ilmiy-ma’rifiy yig‘ilishdan keyin o‘qishga juda munosib duolardan. #sunan_termiziy #duolar #abdullohzufar

Related Videos

More videos from Hidoyat Sari